O‘zbekiston | 18:21 / 09.04.2025
2552
2 daqiqa o‘qiladi

Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

Navoiy viloyatining Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi belgilandi.

Foto: LiveJournal

Hukumat qarori bilan «Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.

Nizom Navoiy viloyatining Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.

Shaharlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari budjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:

- 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;

- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;

- 5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.

Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:

- shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;

- xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;

- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» davlat korxonasi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.

Mavzuga oid

E`lonlar