Mehnat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga köra, agar yaraştiriş taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilişning iloji bölmasa, mehnat jamoasi iş taşlaş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin.
Iş taşlaşda qatnaşiş ixtiyoriydir. Heç kim iş taşlaşda qatnaşişga yoki unda qatnaşmaslikka majbur qilinişi mumkin emas.
Iş taşlaşni e’lon qiliş töğrisidagi qaror taşkilot xodimlarining umumiy yiğilişida qatnaşayotgan xodimlarning 50 foizidan köproği yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilinadi.
Qaror qabul qiliş iş taşlaş boşlanişidan kamida 1 oy oldin amalga oşiriladi.
Kasaba uyuşmasi qömitasi iş taşlaşni e’lon qiliş töğrisidagi qaror haqida iş beruvçini qaror qabul qilingan paytdan 1 iş kunidan keçiktirmay yozma ravişda xabardor qilişi kerak.
Iş beruvçi bölajak iş taşlaşni e’lon qiliş töğrisida yozma xabarnomani olgan paytdan e’tiboran 1 iş kunidan keçiktirmay jamoaviy mehnat nizolarini tartibga soliş böyiça davlat organlarini yozma ravişda ogohlantiradi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.
Iş taşlaşga kasaba uyuşmasi qömitasining vakili rahbarlik qiladi. Xodimning iş taşlaş bilan boğliq jarayonda iştirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortiş uçun asos sifatida körib çiqilişi mumkin emas.
Iş taşlaş paytida unda iştirok etadigan xodimning iş joyi va lavozimi saqlanib qoladi. Iş beruvçi xodimga iş taşlaşda qatnaşgan vaqtida iş haqini tölamaslik huquqiga ega.
Iş taşlaş insonlarning hayoti va soğliğiga zarar yetkaziş real xavfini keltirib çiqarsa, tinçlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan:
- e’lon qilingan iş taşlaşning boşlaniş vaqti 30 kalendar kundan köp bölmagan muddatga keçiktirilişi;
- iş taşlaş 30 kalendar kundan köp bölmagan muddatga töxtatib turilişi mumkin.








