Turkiyada giyohvandlikka qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiya o‘tkazildi
Anqarada o‘tkazilgan reyd davomida giyohvand moddalar savdosida gumonlangan 525 kishi qo‘lga olindi.

Foto: Videodan kadr
Anqarada giyohvandlikka qarshi Turkiya tarixidagi eng yirik operatsiya o‘tkazildi – 525 nafar narkosavdogar qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.
Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaga 6 oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. Unga 4 768 nafar politsiya xodimi, 40 ta xizmat iti va to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati jalb etilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir vaqtning o‘zida 600 dan ortiq manzilni ko‘zdan kechirgan.
“NARKOKAPAN-ANKARA” operasyonumuzda 525 torbacı gözaltına alındı.
— Ali Yerlikaya (@AliYerlikaya) April 17, 2025
Bugün sabah 05.00’da başlayan Cumhuriyet tarihimizin en büyük uyuşturucu operasyonunu Başkentimiz Ankara’da gerçekleştirdik:
Bu operasyonumuzun adı “NARKOKAPAN-ANKARA”
🟥 Operasyondaki hedefimiz özellikle… pic.twitter.com/pXugtGksTI
«Biz zahar sotuvchilarga — yoshlarimizning hayotini o‘g‘irlashga jur’at etayotganlarga yana bir bor ta’kidlaymiz: siz kirgan yo‘l — boshi berk ko‘cha! Agar siz yoshlarimizga tegmoqchi bo‘lsangiz, qonun oldida javob berasiz!» — deydi vazir.
Qo‘lga olinganlarning aksariyati giyohvand moddalarni «mahallalarda va ko‘chalarda internet platformalari orqali» sotishda gumon qilinmoqda. Ichki ishlar vazirligi yaqin kunlarda yangi hibsga olishlar amalga oshirilishini bildirdi.
Associated Press’ning qayd etishicha, Turkiyadagi bu reydlar 16 aprel, seshanba kuni o‘tkazilgan Yevropa huquq-tartibot organlarining xalqaro narkosavdo va pul yuvish tarmoqlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiyasidan keyin amalga oshirilgan.
Yevropol, Niderlandiya, Turkiya, Germaniya, Ispaniya va Belgiya politsiyasi rahbarligi ostida o‘tkazilgan operatsiyada 230 dan ortiq odam hibsga olingan va 400 million dollardan ortiq mablag‘ musodara qilingan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor

17:14 / 14.05.2025