Britaniya artilleriya snaryadlari va geksogen ishlab chiqarishni keskin oshiradi
BAE Systems mudofaa kompaniyasi 155 millimetr kalibrli snaryadlar ishlab chiqarishni 16 baravarga oshiradi. Bu AQSh tomonidan qo‘yiladigan cheklovlarsiz mahsulotlarni boshqa davlatlarga yetkazib berish imkonini taqdim etadi.

Foto: AP
Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi NATO standartlariga mos keladigan gaubitsalar va o‘ziyurar artilleriya tizimlari uchun 155 millimetrli snaryadlar ishlab chiqarishni 16 baravarga oshiradi. Shu tariqa, Buyuk Britaniya AQSh va Fransiya ta’minotiga qaramlikdan qutulib, Rossiyaning Ukrainadagi urushidan kelib chiqqan talabni qondirish niyatida, deb yozadi The Times. Ushbu vazifani amalga oshirishga ikki yil ajratiladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan aniq raqamlar keltirilmagan.
O‘q-dorilar shu yil yozda ishga tushadigan Uelsdagi yangi BAE fabrikasida ishlab chiqariladi. Kompaniya bir vaqtning o‘zida geksogen (portlovchi modda) ishlab chiqarishni ham oshiradi. U yangi zavod qurish talab etilmaydigan va yiliga 100 tonnagacha portlovchi modda olish imkonini beradigan yangi innovatsion texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Bitta avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni uchun mo‘ljallangan barcha uskunalarni standart yuk konteyneri ichiga joylashtirish mumkin.
BAE rahbariyati a’zosi Stiv Kardyuning ta’kidlashicha, kompaniya Amerika komponentlaridan foydalanmagan holda o‘q-dorilarni mustaqil ishlab chiqarishga o‘tmoqchi. Bu AQSh tomonidan qo‘yiladigan cheklovlarsiz mahsulotlarni boshqa davlatlarga yetkazib berish imkonini taqdim etadi.
Bundan tashqari, kompaniya markazlashmagan geksogen ishlab chiqarish texnologiyasini ham sotmoqchi. Kardyuning tushuntirishicha, Yevropa davlatlari keng miqyosda portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qiyinchiliklarga duch kelyapti. Dunyodagi keskinlik, global urush xatarlari ortayotgani, shuningdek, AQShning yangi rahbariyati siyosati inobatga olingan holda, kompaniya o‘z yechimlariga talab oshishini kutmoqda.
BAE — Buyuk Britaniyada 155 millimetrli artilleriya snaryadlarining yagona ishlab chiqaruvchisi. Qirollik armiyasi ulardan Archer gaubitsalari va o‘ziyurar artilleriya qurilmalarida foydalanadi. Shu bilan birga, ushbu o‘q-dorilarning katta zaxirasi Rossiya urush boshlaganidan keyin Ukrainaga berilgan. Kardyuning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish Buyuk Britaniyaga «Rossiya va boshqa dushman davlatlarga samarali qarshi turish» imkonini beradi.
Ukrainalik harbiy manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi har kuni 12 mingga yaqin, Ukraina Qurolli kuchlari esa taxminan 7 mingta snaryad uchirmoqda. Rossiya ehtiyojlarining qariyb 45 foizini Shimoliy Koreyadagi oltita zavod ta’minlayapti. Mamlakatning o‘zi esa oyiga 250 mingga yaqin snaryad ishlab chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:24
-
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
Jahon | 21:59
-
Amazoniya hindular qabilasi tuhmat uchun The New York Times gazetasini sudga berdi
Jahon | 21:57
-
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi
Jahon | 21:45
Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025