Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada siniq guldon 60 ming dollarga sotildi
Londondagi uy bog‘idan topilgan ushbu guldon mashhur keramika ustasi Xans Kopper tomonidan yasalgan.
Buyuk Britaniyada bog‘dan topilgan guldon 60 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi New York Post.
Qayd etilishicha, guldon uzoq vaqt davomida britaniyalik ayolning uyida saqlangan. Keramik buyum sinib qolganida ham ayol uni tashlab yubormasdan, Londondagi uyining bog‘iga qo‘yib, ichiga gullar solishda davom etgan. Shundan keyin interer buyumi meros sifatida ayolning nabiralariga o‘tgan.
Ular ushbu guldon qiymatini bilish uchun Londondagi Chiswick Auctions kimoshdi uyiga murojaat qilgan. Ekspert Jo Lloyd darhol vazaning noodatiy uslubiga e’tibor qaratib, uning tubiga XX asr avangard keramikasining eng mashhur ustalaridan biri hisoblanuvchi Xans Kopperning belgisi tushirilganini payqagan.
Vazaning yuqori qismi sinib tushgani va u qo‘pol restavratsiya qilinganiga qaramay, kimoshdi uyi uning qiymatini 13 ming dollarga baholagan. Ammo savdolar vaqtida lotning qiymati kutilmaganda oshib ketgan. Natijada kimoshdi savdolari yakunida guldonni amerikalik anonim xaridor 66 ming dollarga sotib olgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, singan buyumning bunday qimmat narxga sotilganining o‘zi Kopper ishining san’at dunyosidagi naqadar yuqori ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Vazaning yangi egasi uni restavratsiya qilishga yana 10 ming dollar sarflab, buyumni dastlabki holatiga qaytarmoqchi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026