Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaning Belarusdagi shubhali harakatlari haqida ogohlantirdi
Rossiya bu yil yozda Belarusda harbiy mashg‘ulotlar niqobi ostida biror narsaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Ukraina prezidenti. U batafsil ma’lumot bermadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining Belarus hududidagi shubhali harakatlari haqida ogohlantirdi. 29 aprel, seshanba kuni Varshavada bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining bir qancha davlatlari tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida Zelenskiy: «Bu yozda Rossiya u yerda harbiy mashg‘ulotlar niqobi ostida nimadir tayyorlamoqda», dedi.
U qanday harakatlar haqida gapirayotgani va Rossiya qanday tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi va hech qanday dalil keltirmadi.
Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan Rossiya Federatsiyasi va Belarus hukumati joriy yilning sentabr oyida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida avvalroq ma’lum qilgan edi.
Varshavada Polsha, Avstriya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Gretsiya, Vengriya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirokida «Uch dengiz tashabbusi»ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
23:05 / 25.06.2026