Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiyaga nisbatan «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqlaganini aytdi
Operatsiya urushni to‘xtatishga erishish maqsadida joriy qilingani aytilmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmati uchun «urushni to‘xtatishga erishish maqsadida» Rossiyaga «40 kunlik ta’sir operatsiyasi»ni tasdiqladi. Bu haqda u maxsus xizmat rahbari Yevgeniy Xmara bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
U Xmaradan «uzoq muddatli sanksiyalar rejasi, o‘rta muddatli sanksiyalar va «Alfa» maxsus operatsiyalar markazining frontdagi natijalari to‘g‘risida» hisobot olganini aytdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Xavfsizlik xizmati «turli dronlardan foydalangan holda frontda Ukraina pozitsiyalarini himoya qilishning eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega».
Boshqa tafsilotlar keltirilmadi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya hududiga dronlar bilan zarba berishda ishtirok etmoqda.
Rossiyada Ukrainaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari kuchayishi fonida yoqilg‘i inqirozi boshlandi. U tobora ko‘proq hududlarni qamrab olmoqda - ularning 20 dan ortig‘ida benzin sotishga cheklovlar hokimiyat darajasida joriy etilgan.
Mavzuga oid
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:06 / 16.07.2026
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
08:58 / 16.07.2026