Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yozuvchi Dmitriy Bikovga nisbatan jinoiy ish ochildi
Bikov Rossiya armiyasi haqida «feyk» xabarlarni tarqatishda gumon qilinmoqda. Yozuvchi 2021 yilda Rossiyani tark etdi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini ochiq qoraladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi yozuvchi Dmitriy Bikovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deyiladi 30 aprel, chorshanba kuni TQ Moskva boshqarmasi saytida e’lon qilingan bayonotda.
Bikov Rossiya armiyasi haqida «feyk» xabarlarni tarqatishda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yozuvchi videoxostinglardan birida «Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina tinch aholisiga qarshi harakatlari haqida ataylab yolg‘on ma’lumotlar»ni o‘z ichiga olgan videoni e’lon qilgan.
Bundan tashqari, Bikov, Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, «chet el agenti faoliyati tartibini buzgan holda» vakolatli organga taqdim etilishi talab qilinadigan ma’lumotlarni taqdim etmagan. «Hozirda Bikovga qidiruv e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», — deya ta’kidladi Tergov qo‘mitasi.
Dmitriy Bikov Rossiyani 2021 yilning kuzida tark etgan va 2022 yildan buyon AQShda yashab, ishlaydi. Yozuvchi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab chiqqan. 2022 yil iyul oyida Rossiya Adliya vazirligi Bikovni «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026