Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi
Joriy yilgi hakamlar hay’ati tarkibidan, shuningdek, JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala, Millatlar hamdo‘stligi bosh kotibi Patrisiya Skotland, Senegal va Afrika ittifoqining sobiq prezidenti Makki Sall ham o‘rin olgan.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Islom dini asosida yotgan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mazkur nufuzli xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildiraman. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston konfessiyalararo totuvlikni, mamlakatimiz faxri bo‘lgan noyob islom merosini targ‘ib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda e’tirof etilmoqda», — deb yozadi prezident yordamchisi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva har yili o‘tkaziladigan Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofotining hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilganimdan benihoya mamnun ekanini bildirdi.
«Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz», — deya ta’kidlaydi Saida Mirziyoyeva.

Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti — insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan nufuzli, mustaqil global mukofotdir. U 2019 yil fevral oyida — Rim papasi Fransisk va Al-Azhar universiteti bosh imomi Ahmad Al-Toyib o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv sharafiga ta’sis etilgan. Ular o‘shanda insoniy birodarlik to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan edi.
2025 yildagi hakamlar hay’ati quyidagilardan iborat:
- Makki Sall — Senegal va Afrika Ittifoqining sobiq prezidenti.
- Xose Luis Rodriges Sapatero — Ispaniyaning sobiq bosh vaziri.
- Jahon savdo tashkiloti bosh direktori — Ngozi Okonjo-Iveala.
- Kardinal Piter Kudvo Appiah Turkson — Pontifik Fanlar akademiyasi va Pontifik Ijtimoiy fanlar akademiyasining maslahatchisi.
- Patrisiya Skotland — Millatlar hamdo‘stligi bosh kotibi.
- Muhammad Abdusalom — «Insoniy birodarlik» mukofoti bosh kotibi.
Mavzuga oid
11:47 / 03.01.2026
“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘z va qo‘llar kerak” – Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi vazifalari haqida
17:28 / 02.01.2026
"Barcha islohotlarimiz uzoq muddatli, tez natija bergani bu - ekologiya" - Saida Mirziyoyeva
09:46 / 02.01.2026
“Maqsadimiz - xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyevadan ilk katta intervyu
15:03 / 20.12.2025