Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya agentligi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi bosh ijrochi direktori Tim Rid bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Foto: "Dunyo" AA
Britaniya tomoni O‘zbekistonda ustuvor sohalar – infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
O‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy harakatlarni jadallashtirishga va aniq chora-tadbirlar belgilab olishga kelishib olindi.
Buyuk Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi kreditlar, kafolatlar taqdim qilish, sug‘urtalash, maslahat ko‘magini berish va boshqa yo‘llar bilan yordam ko‘rsatish orqali Britaniya tovarlari va xizmatlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Mavzuga oid
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
13:00 / 23.05.2026
Startapga qancha investitsiya jalb qilish mumkin?
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026