Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
Amerika moliyaviy institutlari va kompaniyalarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda, deb yozdi u.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 16 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi hamda Eksport-import banki rahbariyati, shuningdek, Amerika biznes doiralari vakillari ishtirokida davra suhbatida qatnashdi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

«Amerika moliyaviy institutlari va kompaniyalarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston ham xorijiy investorlar uchun hamkorlikning mutlaqo yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini taklif etib, ishonchli sherik sifatidagi mavqeyini qat’iy mustahkamlab kelmoqda», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.



Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:07 / 10.07.2026