Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga «zarurat bo‘lmasligi»ga umid bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiyada yadro qurolidan foydalanishga «ehtiyoj bo‘lmaganini» aytdi va kelajakda bunga ehtiyoj qolmasligiga umid bildirdi.
Bu haqda Putin 4 may oqshomida efirga uzatilgan «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» filmiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ular bizni g‘azablantirmoqchi bo‘ldi, bizni xato qilishga undashmoqchi bo‘ldi. Siz aytib o‘tgan [yadroviy] qurollardan foydalanishning hojati yo‘q edi — va umid qilamanki, kerak bo‘lmaydi. 2022 yilda boshlangan ishni Rossiyaga kerakli natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun bizda yetarlicha kuch va resurslar bor", dedi u.
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Moskva ma’lum sharoitlarda yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini bir necha bor tan olgandi. Xususan, Rossiya yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqdi va Belarus hududida jangovar kallaklarni joylashtirdi. G‘arb va Ukraina Rossiyani «yadroviy shantajda» aybladi.
2024 yilda Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalari urushning birinchi yilida AQSh rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berish xavfini jiddiy ko‘rib chiqqani va javob rejasini ishlab chiqqani haqida yozgan.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026