Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiyaning 150 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy etadi - Bloomberg
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tayyorlamoqda. U 20 may kuni Bryusselda o‘tkaziladigan yig‘ilishda qabul qilinishi mumkin.
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketidan 60 ta jismoniy va yuridik shaxs, shuningdek, «soyadagi flot»ning bir qismi bo‘lgan 150 ga yaqin tanker o‘rin oladi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
YeI Tashqi ishlar vazirlari Bryusselda 20 may kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda yangi sanksiyalar paketini tasdiqlash niyatida.
Agentlikning qayd etishicha, agar cheklov choralari kuchga kirsa, sanksiyalarga uchragan Rossiya neftini tashuvchi kemalar soni 300 taga yetadi. Yevrokomissiyaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da «soyadagi flot»ga qarshi kurashning yangi choralari haqida so‘z boradi.
Sanksiyalar paketini qabul qilish uchun YeIga a’zo barcha davlatlarning qo‘llab-quvvatlovi kerak bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari bu kabi qarorlarni qabul qilishda Budapesht vetosini aylanib o‘tish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Sanksiyalarning 16-paketi 24 fevralda tasdiqlangan edi. U orqali YeI Rossiyaning yana 13 ta bankiga SWIFT tizimidan foydalanishni taqiqlagan. Shuningdek, RFdan birlamchi alyuminiy importi va Rossiyaga tegishli sakkizta OAVning Yevropadagi faoliyati to‘xtatilgan. Qora ro‘yxatdan 48 kishi va 35 ta yuridik shaxs o‘rin olgan. Bunga javoban Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirgan edi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026