Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy armiyasining sobiq rahbarlaridan biri Syuy Tsilyan vafot etdi
U 10 yil davomida Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Kengash raisi esa XXR yetakchisi Si Jinping hisoblanadi.
Pekinda XXR Harbiy-havo kuchlari generali Syuy Tsilyan 75 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Xinhua agentligi.
U 2012 yildan 2022 yilga qadar Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, ya’ni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasidagi oliy rahbarlardan biri hisoblangan.
G‘arb OAVning yozishicha, Syuy Tsilyan XXR raisi Si Jinpingga ancha yaqin bo‘lgan. Markaziy harbiy kengash — mamlakat armiyasining yuqori boshqaruv organi bo‘lib, Xitoy raisi uning rahbari hisoblanadi. Syuy Tsilyan o‘n yil davomida uning ikki o‘rinbosaridan biri sifatida xizmat qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, general Xitoy rahbariyatiga ta’sir o‘tkaza olgan. Syuy Tsilyan armiya safida 1966 yildan beri xizmat qilib kelgan, dastlab, XXRning yettita harbiy okrugidan biriga qo‘mondon bo‘lgan, Shimoliy qo‘mondonlikni boshqargan va Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni lavozimida ham ishlagan.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026