Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi
XV asrda qurilgan masjid uchun Madaniy merosni asrash bo‘yicha AQSh elchisining jamg‘armasidan 250 ming dollar mablag‘ ajratilgan edi.
Qashqadaryo viloyatining Katta Langar qishlog‘ida joylashgan «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lariga qayta ta’mirlandi.
4 iyun kuni O‘zbekistondagi AQSh elchisi Jonatan Henik va Qashqadaryo hokimligi vakillari ishtirokida majmuaning qayta ochilish marosimi o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, XV asrda qurilgan masjid Madaniy merosni asrash bo‘yicha AQSh elchisining jamg‘armasidan taqdim etilgan 250 ming dollar mablag‘ evaziga qayta ta’mirlangan.
Jarayon 2023 yil kuzida boshlangan va Chikago (AQSh) universiteti yetakchiligidagi loyiha bo‘yicha asosiy bino peshtoqidagi koshinlar ta’mirlangan, poydevor mustahkamlangan, tom almashtirilgan va konservatsiya bo‘yicha mahalliy mutaxassislar tayyorlangan.
Ta’kidlanishicha, AQSh va O‘zbekiston hamkorligi tufayli Temuriylar davriga oid ushbu tarixiy binoning ajoyib koshinlari, o‘ymakor yog‘och ustunlari kelajak avlodlar uchun saqlab qolindi.
«Qo‘shma Shtatlar ushbu muqaddas maskanning asrab-avaylab qolinishini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi - endi bu maskan tashrif buyuruvchilar uchun ochiq», deyiladi elchixona xabarida.






Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026