Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi
Kompaniya elektromobillarni quvvatlash vaqtini samarali ravishda uch baravar oshirdi.
Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobilni 400 km zaxiraga quvvatlash uchun 5 daqiqa kifoya qiladigan megevatt quvvatlantirish texnologiyasini taqdim qildi. Bu Tesla, Lucid yoki Hyundai texnologiyalaridan tezroqdir, deb xabar berdi IEEE Spectrum.
Yangi tizim Shanxay avtosalonida namoyish etilganda 1002 kVt quvvatga erishgan va BYD Han L modelini 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida 13 foizdan 60 foizgacha quvvatlantirgan.
Taqqoslash uchun, Tesla Model Y xuddi shunday diapazonga 15 daqiqada, Lucid Gravity 400 kVt quvvatda 15 daqiqagacha, Hyundai Ioniq 5 esa 18 daqiqada erishadi. Ammo BYD hozir bu ko‘rsatkichlarni samarali ravishda uch baravar oshirdi va elektromobillarni benzinli avtomobillarni to‘ldirish tezligiga yaqinlashtirdi.
BYD elektromobil ishlab chiqarishda to‘liq vertikal integratsiyaga erishgani bu yutuqning kaliti sifatida aytilmoqda: kompaniya avtomobillar va akkumulyatorlardan tortib to quvvatlash stansiyalarigacha o‘zi ishlab chiqarmoqda.
Texnologiya asosini 1000 V kuchlanishli Super e-Platform va 1000 amperlik tok kuchiga ega yangi litiy-temir-fosfat akkumulyatori egallaydi. 500 ta megaquvvatlovchi qurilma allaqachon ishlab chiqarilgan, yil oxirigacha 4 mingtasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu texnologik ustunlik Xitoy hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va jiddiy raqobat mahsulidir.
Mavzuga oid
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
21:33 / 09.06.2026