Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
Loyiha Parkent tumanida uch bosqichda amalga oshiriladi va to‘liq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati, Parkent tumaniga tashrif davomida «Oltin bel» cho‘qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, xushmanzara tog‘ bag‘ridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Hozir 188 o‘rinli 2 ta mehmonxona, kapsula shaklidagi uylar, restoran va xo‘jalik binolari barpo etilgan. Keyingi bosqichda yana 20 ta shunday uy qurilishi mo‘ljallangan. Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.


Qayd qilinishicha, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3 ming 300 ta ish o‘rni yaratiladi va 1 million nafar sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.
Parkentning qorli tog‘larida Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan.

Davlat rahbariga ushbu loyiha haqida axborot berildi. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, chang‘i uchish va osma dor yo‘li, shale, piknik maydoni, restoranlar, sog‘lomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi.
Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va to‘liq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi. Mavsumiy xizmatlar bilan birga 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Umuman, bu maskan, Bo‘stonliqdagi «Amirsoy» kurorti kabi, Toshkent viloyatining yirik turizm manzillaridan biriga aylanishi ta’kidlanmoqda.
Mutaxassislar bilan muloqotda loyihani takomillashtirish, xizmatlar qamrovini kengaytirish va qurilishni tezlashtirish tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.


Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025