Hududdagi rekonstruksiya işlari jadal sur’atlarda olib borilyapti. Loyiha doirasida xavfsizlik orolçasi yanada qulay va işonçli holatga keltirildi, piyodalar yölaklarining qoplamasi yangilandi hamda yangi brusçatkalar yotqizilmoqda.
Qayd etilişiça, uşbu işlar hududning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, transport harakatini tartibga soliş va piyodalar uçun yanada qulay şaroit yaratişga qaratilgan.
Şu tariqa, Parkent bozori atrofida amalga oşirilayotgan yangilanişlar hududda xavfsizlik va qulaylikni kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.












