Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya sovuq urush davridan beri birinchi marta yadroviy qurollarni samolyotlarga joylashtiradi
London AQShdan F-35A qiruvchi samolyotlarini xarid qiladi. Ular yadro bombalarini tashishga qodir. Hozirda Britaniyaning yadroviy jangovar kallaklari faqat to‘rtta suvosti kemasida saqlanadi.
Buyuk Britaniya AQShdan taktik termoyadroviy aviabombalarni tashishga qodir 12 ta F-35A qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Bu haqda Britaniya hukumati ma’lum qildi.
«Radikal noaniqlik davrida biz endi dunyoni borliq sifatida qabul qila olmaymiz, aynan shu sababli mening hukumatim milliy xavfsizlikka sarmoya kiritmoqda», — deydi bosh vazir Kir Starmer. London bu turdagi qiruvchilardan jami 138 ta xarid qilishni rejalashtirmoqda. Shu orqali Buyuk Britnaiyada sovuq urush tugaganidan beri birinchi marta yadroviy qurolni havoda tashuvchi vositaga ega bo‘ladi.
Hozirda Britaniyaning yadroviy jangovar kallaklari faqat Vanguard turidagi to‘rtta suvosti kemasiga joylashtirilgan. Norfolkdagi Marhem bazasiga joylashtirish rejalashtirilgan F-35A samolyotlari oddiy o‘q-dorilarni ham, Amerikaning B61-12 aviabombasini ham uchira oladi. B61-12 aviabombasining quvvatini boshqarish mumkin — 0,3 dan 50 kilotonnagacha. Qiruvchilarning o‘zi uzoq masofaga uchishga qodir va stels-texnologiyasiga ega. Harbiylarning ta’kidlashicha, bu «yadroviy bombani yuqori aniqlikda tashlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi». Shu bilan birga, Amerika qiruvchilari ham yadroviy, ham oddiy qurol sifatida foydalanish mumkinligi sababli NATOning ikki maqsadli samolyotlar dasturiga kiritiladi. Buroq yadroviy jangovar kallaklar AQSh nazorati ostida bo‘ladi.
O‘tgan yili Vashington va London Rossiya tomonidan oshib borayotgan tahdidlar sabab Buyuk Britaniya hududiga Amerikaning yadroviy qurollarini qaytarishga kelishib olgandi. Jangovar kallaklar Saffolk grafligidagi Leykenxit bazasiga joylashtirilishi kutilayotgan edi. Ularning quvvati 1945 yilda Hirosimaga tashlangan bombalarnikidan uch barobar katta bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026