Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
AQSh prezidenti har ikki mamlakat rahbarlariga tegishli xatlarni yo‘lladi. Unda tariflardan qochish maqsadida tranzit orqali yuborilgan tovarlar ham shu kabi oshirilgan bojlarga tortilishi ta’kidlangan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan Yaponiya va Janubiy Koreya tovarlariga 25 foizli boj joriy etilishini e’lon qildi. U o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibaga yo‘llangan ikkita rasmiy xatni joylashtirdi.
«2025 yil 1 avgustdan boshlab biz barcha sohalarga aloqador tariflardan tashqari, Qo‘shma Shtatlarga kirib keladigan har qanday yapon tovarlariga 25 foizli tariflarni joriy etamiz», — deyiladi Oq uyning Yaponiya bosh vaziriga yo‘llagan xatda.
Janubiy Koreya prezidentiga yo‘llangan maktubda ham shu haqda so‘z boradi. «Yuqoriroq tariflardan qochish maqsadida tranzit orqali yuborilgan tovarlar ham ushbu oshirilgan bojlarga tortiladi», — deya qo‘shimcha qilinadi xatida.
Tramp oshirilgan import bojlari joriy etilishi to‘g‘risida aprel boshlarida e’lon qilgandi, ammo keyinroq buni 90 kunga kechiktirdi. Ushbu muddat 9 iyul kuni yakunlanadi. O‘tgan muddat davomida AQSh Vetnam, Xitoy va Buyuk Britaniya bilan savdo bitimlarini imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oxirlarida Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga «Kanada bilan barcha savdo muhokamalarini» to‘xtatishini va ushbu qaror zudlik bilan kuchga kirishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:24 / 16.06.2026
Tramp Yevropa Ittifoqi ta’sirida Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgargartirdi - OAV
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:47 / 16.06.2026