Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Tramp Qo‘shma Shtatlarning savdo sheriklariga qo‘shimcha tariflar joriy etilishi to‘g‘risida xabarnomalar borishni davom etishini e’lon qildi.
AQShda yangi import bojlaridan keladigan daromad joriy yil oxiriga borib 300 milliard dollardan oshishi mumkin. Bu haqda moliya vaziri Skot Bessent Oq uyda prezident Donald Trampga ma’lum qildi.
«Yil oxiriga borib, ushbu raqamlar 300 milliard dollardan oshishini kutishimiz mumkin», — degan Bessent. Shuningdek, u bojlar joriy etilganidan keyin AQSh 100 milliard dollarga yaqin daromad olgan.
Bugun, 8 iyul kuni Tramp AQShning savdo sheriklariga qo‘shimcha tariflar joriy etilishi to‘g‘risida xabarnomalar borishni davom etishini e’lon qildi. Aprel boshlarida u Vashington dunyoning 211 ta davlati va hududidan import qilinadigan tovarlarga bojlar joriy etilishini ma’lum qilgandi.
Tariflar 9 apreldan kuchga kirishi kerak edi, ammo Donald Tramp ularni yana uch oyga kechiktirgan. Bu vaqt davomida AQSh Xitoy, Buyuk Britaniya va Vetnam bilan savdo bitimlarini imzoladi.
Avvalroq Tramp YeI tovarlariga bojlarni oshirishni yana kechiktirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasida savdo kelishuviga erishishning yangi muddati — 1 avgust. Tramp Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va boshqa bir qancha davlatlar uchun tariflarni oshirish bo‘yicha xatlarni chop etdi.
Mavzuga oid
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
17:09 / 25.06.2026