Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ilhom Haydarov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Foto: Dunyo
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi chuqurlashtirilgan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari o‘rtasida samimiy va do‘stona munosabatlar qaror topgani alohida ta’kidlandi. Yil oxiriga qadar rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga e’tibor qaratildi.
O‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni, iqtisodiy diplomatiyani yanada rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligi, yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish muhimligi qayd etildi.
Turkiya prezidenti O‘zbekiston elchisiga o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi hamda diplomatning o‘z vazifalarini ado etishida barcha davlat tashkilotlari yaqindan ko‘mak berishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Ilhom Haydarov 16 iyun kuni Anqara shahriga yetib borgan edi. U Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangan Alisher A’zamxo‘jayev o‘rniga tayinlangan.
Mavzuga oid
17:59
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
13:45 / 24.12.2025
Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
13:00 / 23.12.2025