Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Dmitriy Artyakovning buvisi Ispaniya bankidagi o‘z hisobraqamiga zayom ko‘rinishida 12,7 mln yevro olgan va bu pulga ko‘chmas mulk xarid qilgan. Keyinroq esa mulk nabirasi nomiga o‘tkazilgan.
Ispaniyaning Jirona shahrida «Rostex» vitse-prezidenti Vladimir Artyakovning o‘g‘li Dmitriy Artyakov hibsga olindi, deb xabar beradi The Insider.
Qayd etilishicha, Artyakov pul yuvishda gumonlanmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uning buvisi Anna Kurepina Ispaniya bankidagi o‘z hisobraqamiga zayom ko‘rinishida 12,7 million yevro olgan va bu pulga ko‘chmas mulk xarid qilgan. Keyinroq esa mulk nabirasi nomiga o‘tkazilgan.
Ispaniya huquq-tartibot organlari zayom qaytarilmaganini aniqlagan. Ularning versiyasiga ko‘ra, Kurepinaning hisobraqamiga kelib tushgan pullar yurist Sergey Magnitskiy fosh etgan soliqlarni qaytarish sxemasi bo‘yicha Rossiya budjetidan o‘g‘irlangan.
Dmitriy Artyakov 2022 yildan beri Ukraina, AQSh va Kanada sanksiyalari ostida hisoblanadi. Ammo YeI unga nisbatan sanksiya qo‘llamgaan, shu bois u Ispaniya hududida qonuniy yurishi va ko‘chmas mulkka egalik qilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026