Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘z kompaniyalarini OpenAI’ga raqobatchi bo‘ladigan sun’iy intellekt startaplarini qo‘llab-quvvatlashga undamoqda.
Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasi milliarderga qarashli boshqa bir kompaniya — xAI’ga 2 milliard dollar investitsiya kiritadi.
The Wall Street Journalʼning yozishicha, SpaceX investitsiyasi xAI tomonidan o‘tgan oy e’lon qilingan jami 5 milliard dollarlik investraundning bir qismidir.
Mask o‘z kompaniyalarini OpenAI’ga raqobatchi bo‘ladigan sun’iy intellekt startaplarini qo‘llab-quvvatlashga undamoqda. Joriy yilning mart oyida u bitim doirasida 33 milliard dollarga baholangan xAI’ni X ijtimoiy tarmog‘i bilan birlashtirgan va sun’iy intellekt kompaniyasiga Grok chatboti foydalanuvchilari ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan edi. Kompaniyalarning birlashuvi 113 milliard dollarga baholanmoqda.
O‘tgan yakshanba Mask Tesla Inc. aksiyadorlariga kompaniya xAI’ga investitsiya kirita olish yoki olmasligi masalasi bo‘yicha ovoz berish taklifini o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Oldinroq u Tesla buni amalga oshirsa, «ajoyib ish bo‘lishi» haqida gapirgan edi.
Shuningdek, u Tesla’ning xAI bilan birlashuvini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan. Tesla aksiyalari dushanba kungi dastlabki savdolarda 1,2 foizga qimmatlashdi. Joriy yil boshidan beri esa uning qiymati 22,4 foizga tushib ketgan.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
21:42 / 12.06.2026