Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yana YuNeSKO tarkibidan chiqadi
Tramp ma’muriyati YuNeSKO tashkilotini «falastinparast va xitoyparast» deb biladi.
Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNeSKO tarkibidan chiqishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli ma’lum qildi, deb yozdi New York Post.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror AQSh prezidenti tomonidan YuNeSKO «noyabr oyida amerikaliklar ovoz bergan sog‘lom fikr va siyosatga mutlaqo zid bo‘lgan qarama-qarshi, ixtilofli madaniy va ijtimoiy loyihalarni» qo‘llab-quvvatlagani uchun qabul qilingan.
New York Post nashrining Oq uy vakiliga tayanib ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati YuNeSKO tashkilotini «falastinparast va xitoyparast» deb biladi.
AQSh YuNeSKO tarkibidan chiqishini 2017 yil oktyabrida, Trampning birinchi prezidentlik muddati paytida e’lon qilgan edi. Shu vaqtda ma’muriyatdagilar bu qarorni tashkilotning Isroilga qarshi siyosati va YuNeSKO tashkilotini isloh qilish zarurati bilan izohlagandi. Jo Bayden 2021 yilda prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin Trampning bu qarorini bekor qildi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026