Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Zaporijjya oblasti rahbari axloq tuzatish koloniyasiga aviazarba berilganini ma’lum qildi. Kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Rossiya qo‘shini Zaporijjya oblastidagi axloq tuzatish koloniyasiga hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda hududning Kiyev tomonidan tayinlangan gubernatori Ivan Fedorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 iyulga o‘tar kechasi Rossiya armiya Zaporijjya rayonini fugasli aviabombalar bilan o‘qqa tutgan, jumladan, axloq tuzatish koloniyasi hududi nishonga olingan. Jazoni ijro etish muassasasi vayron bo‘lgan, atrofdagi xususiy uylar ham shikastlangan.
Ukraina davlat jinoyat-ijroiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Belenkov koloniyasiga to‘rtta aviatsiya bombasi tashlanishi oqibatida mahkumlardan 17 nafari halok bo‘lgan, yana 42 nafari yaralangan.
«Kecha kun oxirida, yarim tunda Rossiya aviatsiyasi Zaporijjya oblastidagi axloq tuzatish koloniyasi hududiga bombalar bilan zarba berdi. Bu ongli zarba edi, tasodifiy emas, maqsadli… Va bu Qo‘shma Shtatlarning Rossiya bu urushni tugatishi va diplomatiyaga o‘tishi kerakligi haqidagi dunyo tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mutlaqo aniq pozitsiyasi e’lon qilinganidan keyin amalga oshirildi», – dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan bir kun ichida Ukrainada Rossiya aviazarbalari oqibatida jami 22 kishi halok bo‘lgan, yana 85 kishi yaralangan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak koloniyaga berilgan zarbani «rossiyaliklarning navbatdagi harbiy jinoyati» deb atadi. «Alohida personajlar tilidan AQShga tahdid qilayotgan Putin rejimi iqtisodiy va harbiy zarbalarni boshdan kechirishi kerak, bu esa uni jang qilish imkoniyatidan mahrum qiladi», – deb yozdi Yermak.
Mavzuga oid
21:15
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026