Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Shveytsariyada AQSh bilan savdo muzokaralaridagi muvaffaqiyatsizlik sababchisini izlashmoqda
Tanqid toshlari asosan Shveytsariya prezidenti va federal moliya departamenti rahbari Karin Keller-Zutterga otilmoqda.
AQSh Shveytsariyaga nisbatan 39 foizlik boj to‘lovlarini joriy etishini e’lon qilganidan so‘ng mamlakatda buning sababchisini qidirishga tushib ketishdi, deb yozadi Financial Times (FT).
Qayd etilishicha, tanqid toshlari asosan Shveytsariya prezidenti va federal moliya departamenti rahbari Karin Keller-Zutterga otilmoqda. Uni vaziyatni noto‘g‘ri baholash hamda Bern va Vashington muhokama qilgan savdo kelishuvi mamlakatni yuqori tariflardan saqlashiga ortiqcha ishonib yuborganlikda ayblashmoqda.
Gazetaning yozishicha, Shveytsariya AQShga 150 mlrd dollar investitsiya kiritish evaziga 10 foizlik bojlarga rozi bo‘lishga tayyor bo‘lgan. Keller-Zutter iyulda "Trampga yo‘l topgan"ini aytgandi.
Ammo muammoning asl ko‘lami Keller-Zutter va Tramp o‘rtasida 31 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muloqotdan keyin ma’lum bo‘lgan.
"Suhbat yaxshi o‘tmadi, ilk daqiqadanoq Tramp 10 foiz yetarli emasligini ochiq aytdi. U Shveytsariya AQShning pullarini o‘g‘irlayotganiga e’tibor qaratdi. Keller-Zutter unga hech qanday javob qaytarolmadi", - degan gazeta suhbatdoshlaridan biri.
Oxir-oqibat AQSh Shveytsariyaga nisbatan 39 foiz miqdorida boj kiritdi. Asosiy zarba mamlakat farmatsevtika sanoatiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026