Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi
Uchrashuv mavzusi «mintaqada tinchlik, farovonlik va iqtisodiy hamkorlik» ekani ta’kidlanmoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Vashingtonda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan AQSh prezidenti Donald Tramp huzurida uchrashadi. Bosh vazirning Qo‘shma Shtatlarga tashrifi 7-8 avgust kunlariga belgilangan.
Aniqlik kiritilishicha, dastlab Pashinyan va Trampning «Armaniston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida» ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Keyin Pashinyan, Tramp va Aliyevning «mintaqada tinchlik, farovonlik va iqtisodiy hamkorlikni ilgari surishga qaratilgan» uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Pashinyan va Aliyevning Vashingtondagi ehtimoliy uchrashuvi haqidagi mish-mishlar 4 avgust kuni jurnalist Aleks Raufo‘g‘li ijtimoiy tarmoqda yozganidan beri tarqaldi.
Ushbu mish-mishlar fonida Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarboyjon harbiylari Armanistonning Syunik viloyatidagi chegara hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ekskavatorni o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Shikastlangan texnika suratlari e’lon qilindi. Ozarboyjon Mudofaa vazirligi fotosuratlarga hech qanday izoh bermasdan, ayblovni rad etdi.
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini bir necha bor e’lon qilgan, biroq hujjat haligacha imzolanmagan. Boku o‘ziga Armaniston hududi orqali Naxichevan eksklaviga ekstraterritorial maqomga ega yo‘lak berishni talab qilmoqda, Yerevan buni o‘z suverenitetiga tahdid deb biladi va yo‘l Armaniston hukumati tomonidan nazorat qilinishi kerak deb hisoblaydi.
Iyul oyida AQSh ushbu yo‘lakni o‘z nazoratiga olishni taklif qildi. Pashinyan Vashingtonning taklifini olganini tasdiqladi va «har qanday masala Armanistonning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va yurisdiksiyasi tamoyillari asosida muhokama qilinishini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026