Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasining "Geografik obektlarga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Foto: Kadastr agentligi
Hujjat bilan geografik obektlarni tizimlashtirishni, shu jumladan ularning kodi, turi, qisqartirilgan nomi va klassifikatsiya kodini belgilashni nazarda tutuvchi Geografik obektlar klassifikatori tasdiqlandi. Geografik obektlar nomlari davlat reyestri endi Klassifikator asosida yuritiladi.
2025 yil 1 oktyabrgacha tabiiy obektlar, transport va muhandislik infratuzilmasi obektlari nomlari Klassifikator asosida ro‘yxatga olinishi kerak.
Viloyat hokimliklari Kadastr agentligi, Statistika agentligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2026 yil 1 iyulgacha respublikaning barcha ko‘chalari nomlarini ro‘yxatga olib, ularni reyestrga muvofiqlashtirish, yangi tashkil etilgan va nomsiz ko‘chalarni nomlash, shuningdek, "Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida"gi qonun talablariga zid nomlarni o‘zgartirish choralarini ko‘rishi kerak.
Qaror bilan ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichining shakli, o‘lchamlari, yozilishi va texnik shartlarini belgilaydigan Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mavzuga oid
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026