Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya hukumati Xumilya shahrida musulmonlarga nisbatan joriy etilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi
Avvalroq Xumilya hokimiyati shahardagi sport inshootlaridan "shahar kengashiga begona madaniy, ijtimoiy yoki diniy tadbirlar o‘tkazish uchun" foydalanishni taqiqlagandi.
Foto: Alamy
Ispaniya hukumati Xumilya shahri hokimiyatiga sport inshootlarida diniy tadbirlar o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi.
Taqiq o‘tgan haftada Xumilya mahalliy hokimiyati tomonidan joriy etilgandi. Unga ko‘ra, shahardagi sport inshootlaridan "shahar kengashiga begona bo‘lgan madaniy, ijtimoiy yoki diniy tadbirlar o‘tkazish uchun" foydalanish taqiqlangandi.
Taqiq asosan ko‘p yillardan buyon turli tadbirlarni aynan mana shu inshootlarda o‘tkazib kelayotgan musulmonlarga qaratilgan.
Ispaniya hukumati bu qarorni qoraladi, migratsiya vaziri Elma Sais buni sharmandalik deb atadi va shahar rahbariyatini mahalliy aholidan uzr so‘rashga chaqirdi.
Hududiy siyosat vaziri Anxel Viktor Torresning bildirishicha, rasmiy Madrid shahar hokimiyatiga ushbu taqiqni bekor qilishni buyurgan.