Obektiv axborotsiz töğri qarorlar qabul qilib bölmaydi. Axborot asri esa ma’lumotlar bilan işlaşni karrasiga osonlaştirdi. Kun.uz Prezident administratsiyasi huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Delivery Unit ofisida bölib, jamoa amalga oşirgan işlar bilan tanişdi. Savol uyğotgan jihat – katta hajmda ma’lumot bazasi töplanib, uni vizuallaştiriş böyiça işlar qilinganiga qaramasdan, davlat idoralari xorijiy servislarning pulli xizmatidan foydalanyapti.

Tasavvur qiling, barça ma’lumot şundoq kaftingiz ustida: qayerda qança maktab va boğça bor, hojatxonasi qanaqa, qayerda yöllar yaxşi, qayerda yomon, qaysi qişloqqa suv borgan, qaysiga bormagan, mansabdorlar qayerda qança davlat pulini ömaryapti... Oxirgisini oşirib yubordim – bunaqa imkoniyat hali yöq.

Ammo ançagina ma’lumotlarni bir joyga yiğib, şundoq kartaga qarab körib turiş mumkin. Bu qayerda şaroitni yaxşilaş kerakligini bilib turiş imkoniyatini beradi. Mahallangizda qaysidir şaroit yomon bölsa, şundoq körinib turadi. Agar mahallangiz “yaxşi” qilib körsatilgan bölsa, siz bu resursga kirib “yöq, bu yerda yolğon yozilgan” deb yozişingiz mumkin. Qaror qabul qiluvçilarga töğri qarorlar qabul qiliş imkoniyatini beradi bu. 

Prezident apparati qoşidagi Delivery Unit aynan şu iş bilan – Özbekiston böylab nima, qayerda, qaçon – köplab ma’lumotlarni bir joyga yiğib, şundoq kartaga qarab bilib turiş imkoniyatini yaratiş böyiça iş olib bormoqda. Jamoa mehmoni böldim va savollar berdim.

Farhod Omonov, ma’lumotlar tahlilçisi: Geoportalning asosiy maqsadi — budjetdan ajratilayotgan mablağlarni ijtimoiy obektlarga töğri yönaltiriş va uni baholaş. Qançalik mablağlar töğri ajratildi, obektlar holati qanday – şular töğrisidagi umumiy ma’lumotlarni şakllantiriş uçun ma’lumotlarni yiğdik. Nafaqat maktab, boğça, soğliqni saqlaş va sport obektlari töğrisidagi ma’lumotlarni. Birinçi marta geografik axborot tizimi bilan boğlangan platforma şakllandi.

10164 ta maktab va filiallar geografik joylaşuvi böyiça kadastr ma’lumotlari bilan birlaştirildi. Maktablarga doir viloyatlar kesimida sörovnoma işlab çiqdik, maktab direktorlari uçun alohida platforma qildik. Direktorlar login-parol bilan kiradi va özining maktabi töğrisidagi infratuzilmaga oid ma’lumotlarni kiritadi.