Pensiya tizimini xususiy sektorga berilişi rejalaştirilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asossiz. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi xabar berdi.
«Pensiya tizimiga xususiy sektorni jalb qiliş taklifi davlat iştirokidagi pensiya fondini bekor qilişni nazarda tutmaydi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, uşbu masala xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya tizimini isloh qiliş yuzasidan taklif etilgan bir qator tavsiyalardan biri bölib, hozir Strategik islohotlar agentligi va boşqa tegişli idoralar tomonidan örganilmoqda.
«Şu bilan birga, pensiya tizimiga oid har qanday özgarişlar xalqaro tajriba tahlili, şuningdek, aholi fikri va ehtiyojlarini çuqur örganiş asosida şakllantirib, barça taşabbuslar jamiyatning ijtimoiy himoyasini kuçaytirişga qaratiladi», deyiladi xabarda.
13 may kuni Strategik islohotlar agentligida Xalqaro maslahatçilar kengaşi a’zolari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda 2025 yilga möljallangan qöşma dastur doirasida tayyorlangan taşabbuslar muhokama qilindi. Xususan, XMK vakillari pensiya tizimining joriy modelini qayta körib çiqiş zarurligini ta’kidlab, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş maqsadida 6 ta asosiy yönalişni öz içiga olgan pensiya islohoti rejasini işlab çiqdi.
Ular: pensiya jamğarmasiga badallar tölangan davr asosida «suğurta staji» tizimini joriy etiş, pensiya xizmatlarini körsatişning barça bosqiçlarini raqamlaştiriş, ixtiyoriylik va jamğarib boriş tamoyillariga asoslangan xususiy pensiya jamğarmalarini taşkil etiş. Kengaş bu yönalişda 5 ta qonunni qabul qilişni taklif etdi.







