Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika 26 nafar narkobaronni AQShga topshirdi
AQShga ekstraditsiya qilinganlar orasida Los Cuinis guruhi rahbarlaridan biri - El Kuini laqabi bilan tanilgan Abigayyel Gonsales Valensiya; “Ritsar tampliyerlar” kartelining sobiq rahbari, La Tuta laqabi bilan tanilgan Servando Gomes Martines va jinoyat olamining katta ta’sir kuchiga ega boshqa a’zolari bor.
Meksika narkokartellarda ishtirok etishda gumonlangan 26 kishini AQShga topshirdi, deb xabar qildi Reuters.
"Ularning barchasi Amerika sohillariga zo‘ravonlik va narkotiklar kelishida qatnashgan va o‘z jinoyatlari uchun jiddiy javob berishadi", - dedi AQSh bosh prokurori Pem Bondi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQShga ekstraditsiya qilinganlar orasida Los Cuinis guruhi rahbarlaridan biri - El Kuini laqabi bilan tanilgan Abigayyel Gonsales Valensiya; “Ritsar tampliyerlar” kartelining sobiq rahbari, La Tuta laqabi bilan tanilgan Servando Gomes Martines va jinoyat olamining katta ta’sir kuchiga ega boshqa a’zolari bor.
Meksika shu yilning fevralida AQShga 29 nafar kartel a’zolarini topshirgandi.
Iyul oyi oxirida Donald Tramp xavfsizlik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilish evaziga Meksikaga nisbatan boj kiritishni 90 kunga kechiktirishga rozi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026