Jahon | 19:58 / 13.08.2025
3280
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilish qisman cheklandi

Qayd etilishicha, yovuz niyatli shaxslar Telegram va WhatsApp messenjerlaridan tovlamachilik harakatlarini amalga oshirish, qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatiga jalb etish uchun foydalanishmoqda.

Foto: RIA Novosti

Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilish qisman cheklandi, deb xabar qildi Roskomnadzor.

"Jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida ushbu messenjerlarda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishni qisman cheklash choralari ko‘rilmoqda", — deyiladi xabarda.

Rossiya raqamlashtirish vazirligining aniqlik kiritishicha, bu firibgarlar tomonidan amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar sonini kamaytirishga yordam beradi, messenjerlarning boshqa funksiyalari cheklanmaydi.

Ta’kidlanishicha, messenjerlar rahbariyati Rossiya qonunchiligi talablarini bajargan taqdirda ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi qayta tiklanadi.

Qayd etilishicha, yovuz niyatli shaxslar Telegram va WhatsApp messenjerlaridan tovlamachilik harakatlarini amalga oshirish, qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatiga jalb etish uchun foydalanishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid