Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Alyaskadagi sammit uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir haftaga qisman bekor qildi
Tramp-Putin uchrashuviga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan cheklovlar vaqtincha olib tashlandi.
AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Alyaskadagi sammitini o‘tkazib olish maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bir qismini vaqtincha to‘xtatish uchun idora 125-sonli bosh litsenziyani e’lon qildi, u 20 avgustgacha amal qiladi.
«Sanksiyalar bilan taqiqlangan barcha operatsiyalarga Alyaska shtatida AQSh hukumati va Rossiya hukumati o‘rtasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish yoki uni qo‘llab-quvvatlash uchun 2025 yil 20 avgust kuni sharqiy soat 00.01 gacha ruxsat beriladi», deyiladi xabarda.
15 avgust kuni Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, sammit o‘tkaziladigan joy sifatida Elmendorf-Richardson birlashgan harbiy bazasi tanlangan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainadagi mojaroni uzoq muddatli hal qilish yo‘llarini izlash bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026