Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” AJ yarim yil ichida ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxona bo‘ldi
O‘zbekistondagi 20 ta ishlab chiqarish korxonasining soliq to‘lovlari qariyb 9,2 trln so‘mni tashkil etgan.
Foto: O‘zbekneftgaz
Joriy yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 57 ming 792 ta korxona 43,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 20 ta ishlab chiqarish korxonasining soliq to‘lovlari qariyb 9,2 trln so‘mni tashkil etgan. Ularning tovar aylanmasi 91 trln so‘m, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori 1,2 trln so‘mdan oshgan.
Yarim yil ichida ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxona “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘ldi — 1,9 trln so‘m. Undan keyingi o‘rinlarga “Uzbat” AJ (1,3 trln so‘m) va “Talimarjon IES” AJ (1,3 trln so‘m) joylashdi.
Yilning dastlabki olti oyi davomida “Uzavtomotors” AJ 700 mlrd, “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” 497,7 mlrd, “Tashkent tobakko” MChJ 478 mlrd va “Koka-kola ichimligi O‘zbekiston” MChJ 403 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Yuqori o‘ntalikdan, shuningdek, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (398 mlrd so‘m), “Navoiyazot” AJ (384,7 mlrd so‘m) va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (271,7 mlrd so‘m) o‘rin olgan.

Mavzuga oid
14:59 / 15.04.2026
Soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur – XVJ missiyasi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
15:58 / 21.01.2026