Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington bosh prokurori Trampning qarori bois sudga murojaat qilishini aytdi
Avvalroq Donald Tramp o‘z farmoni bilan Vashington politsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh federal hukumati nazorati ostiga o‘tkazgandi.
Vashington bosh prokurori Brayan Shvalb prezident Donald Trampning poytaxt politsiyasini federal nazorat ostiga olish qarori sababli sudga murojaat qilishini aytdi.
"Biz federal hukumatning Kolumbiya okrugi politsiyasini nazoratga olish qaroriga qarshi sudga murojaat qilamiz. Ma’muriyat poytaxt politsiyasini nazoratga olishini noqonuniy ravishda e’lon qilib qonunan berilgan vakolatlarini suiiste’mol qilyapti", - deb yozdi u o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.
Dushanba kuni Tramp federal hukumat tomonidan Vashingtonda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan qator choralarni e’lon qildi.
U o‘z farmoni bilan Vashington politsiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh federal hukumati nazorati ostiga o‘tkazdi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026