AQŞ milliy jamoasi hujumçisi Folarin Balogun jahon çempionati 1/8 final bosqiçida Belgiyaga qarşi öyinni ötkazib yuborişi kerak edi – u jamoasining oldingi öyinida qizil kartoçka olgandi. Ammo FIFA uşbu futbolçining diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddati bilan töxtatib turadigan böldi. Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp bu qaror uçun taşkilotni maqtadi va minnatdorçilik bildirdi.

Nimalar ma’lum?

25 yoşli hujumçi 1/16 finalda Bosniya va Hersegovina darvozasiga gol urib, hisobni oçgan, ammo ikkinçi bölim davomida raqib himoyaçisi Tarik Muxaremoviç bilan töqnaşgandi – amerikalik futbolçi raqib oyoğining töpiq qismiga zarba berib yuborgandi. Avvaliga boş hakam Rafael Klaus epizodni e’tiborsiz qoldirgan, ammo VAR aralaşuvidan keyin Folaringa «jiddiy qoidabuzarlik» uçun qizil kartoçka körsatgandi.

FIFA turniri reglamentining 10.5-moddasiga köra, töğridan töğri qizil kartoçka avtomatik ravişda bir öyinga diskvalifikatsiyaga sabab böladi. Bundan taşqari, futbolçiga qöşimça sanksiyalar qöllanişi ham mumkin edi (masalan, şu turnirda Kanada yarimhimoyaçisi Ismoil Konening oyoğini sindirib yuborgan qatarlik himoyaçi Assim Madiboga keyinçalik 5 öyinlik diskvalifikatsiya qöllandi).

Balogun bilan boğliq vaziyatda esa FIFA intizomiy kodeksning 27-moddasini işga tuşirgan, unga köra «sud organi çoralarni qöllaşni töliq yoki qisman töxtatib turiş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin».

«AQŞ milliy jamoasi futbolçisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bir yillik sinov muddatiga töxtatiladi», – deyilgan FIFAning 5 iyul kungi bayonotida.

Nizomga köra, bir yil içida futbolçi intizomiy qoidabuzarlik sodir etadigan bölsa, diskvalifikatsiya avtomatik tarzda tiklanadi va qöşimça jazo ham qöllanişi mumkin.

«FIFA bu moddani juda kam holatlarda qöllaydi. Sanksiyani töxtatib turiş töğrisidagi qaror işning aniq holatlarini hisobga olgan holda, qoidabuzarlik juda jiddiy bölmasa va intizomiy qömita futbolçini çetlatiş zarur emas degan xulosaga kelganda qabul qilinadi. Uşbu holatda qaror yakuniy hisoblanadi», – degan «SE» naşri sport huquqşunosi Yuriy Zaytsev..

Endi Balogun rasman bugun tunda 1/8 final doirasida Belgiyaga qarşi keçadigan öyinda maydonga tuşişi mumkin. Tabiiyki, amerikaliklarning raqibi bu qarordan norozi bölişdi.