Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Putin qo‘ng‘irog‘imni kutyapti” - Tramp
Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hamda Yevropa mamlakatlari yetakchilari bilan uchrashuvi boshlandi.
AQSh yetakchisi Donald Tramp Volodimir Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi.
"Bugungi uchrashuvlarimiz yakunlanishi bilan telefon orqali muloqot qilamiz”, dedi Tramp jurnalistlarga.
“U uchrashuvimiz tugaganidan so‘ng qo‘ng‘iroq qilishimni kutyapti”, deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Bugun Tramp Oq uyda Zelenskiy bilan yakkama-yakka suhbatlashadi.
So‘ngra AQSh yetakchisi Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026