Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Tramp bildirgan takliflar qabul qilinmasligini aytdi
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, avval o‘t ochishni to‘xtatish, keyin tinchlik kelishuvi ustida ishlash kerak.
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Oq uy rahbari Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan tinchlikka erishish rejasining qator moddalari qabul qilinmasligini aytdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, avval o‘t ochishni to‘xtatish, keyin tinchlik kelishuvi ustida ishlash kerak.
Avvalroq Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘t ochishni to‘xtatish emas, birato‘la tinchlik kelishuvi tuzish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagani xabar qilingandi.
Zelenskiy shuningdek, Donetsk oblasti Rossiyaga berilishini yana bir marta rad etdi. Uning ta’kidlashicha, "Konstitutsiyaga ko‘ra, hududni berish yoki yerni sotish mumkin emas".
OAVning ma’lumot berishicha, Tramp Putinning Ukraina qo‘shinlari butun Donbassdan olib chiqib ketilishi haqidagi talabini qo‘llab-quvvatlagan.
Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, hozircha xavfsizlik kafolatlari tafsilotlari ma’lum emas. Kiyev Ukrainaning Yevropa Ittifoqining qo‘shilishini xavfsizlik kafolatlarining bir qismi sifatida ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 08.04.2026
Tramp Eronga qurol yetkazib beruvchilarga 50 foizlik bojlar bilan tahdid qildi
15:35 / 08.04.2026
Eron va AQSh baribir kelishdi. Asosiy ma’lumotlar
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
20:53 / 07.04.2026