Jahon | 08:55 / 19.08.2025
2714
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manyovrlar 11 kun davom etadi, dala mashg‘ulotlarining bir qismi sentabr oyiga ko‘chirildi.

Foto: NorthDefense Ministry/ZUMA Press Wire/picture alliance

AQSh va Janubiy Koreya harbiylari KXDR tahdidlariga qarshi birgalikda mudofaa tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan yillik Ulchi Freedom Shield (UFS) mashg‘ulotlarini boshladi.

Yonhap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 kunlik manyovrlar 28 avgustgacha davom etadi. Vashington va Seul har yili o‘tkazadigan qo‘shma mashg‘ulotlar ikki mamlakatning Pxenyan «tahdidlariga» qarshi mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Bu yil «haqiqiy» tahdid ssenariysiga asoslangan manyovrlarda 18 mingga yaqin Janubiy Koreya harbiylari ishtirok etmoqda. UFS doirasida bir vaqtning o‘zida 580 ming kishi ishtirokida to‘rt kunlik fuqarolik mudofaasi mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, shuningdek, dronlar va kiberhujumlarga qarshi harakatlar mashq qilinadi.

Bundan tashqari, Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida rejalashtirilgan 40 ta dala mashg‘ulotlarining deyarli yarmi sentabr oyiga ko‘chirildi.

Pxenyan bunday mashg‘ulotlarni an’anaviy ravishda «bosqinchilik repetitsiyasi» deb ataydi, AQSh va Janubiy Koreya esa ularning faqat mudofaa xususiyatiga ega ekanini ta’kidlaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid