Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qonunchilikning kuchaytirilishi migrantlar soniga unchalik ta’sir qilmadi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda migratsiya qonunchiligining qat’iylashtirilishi kirish oqimiga ta’sir qilmagan, chunki qo‘shni davlatlar fuqarolari hali ham ishga muhtoj.
Rossiyaga 2025 yil birinchi yarmida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Qirg‘izistonning jami 5,48 million fuqarosi kirib keldi, deb yozdi «Kommersant» FXX chegara xizmatining rasmiy statistikasiga tayanib. Bu o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan atigi 2 foizga kam, shu vaqtda 5,59 million kishi kirgan edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda migratsiya qonunchiligining qat’iylashtirilishi kirish oqimiga ta’sir qilmagan, chunki qo‘shni davlatlar fuqarolari hali ham ishga muhtoj.
Ma’lum bo‘lishicha, kiruvchilar soni bo‘yicha top-5 davlatlar (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Qirg‘iziston) 2024 yilning birinchi yarmiga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.
Rossiyaga eng ko‘p xorijliklar O‘zbekistondan bordi - 1,82 mln. Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga borganlar soni 2024 yilga nisbatan biroz kamaydi: 2025 yil dastlabki 6 oyida 1,82 mln kishi kirgan bo‘lsa, 2024 yil shu davrida 1,85 mln kishi kirgan edi. Ammo 2023 yilga (1,7 mln kishi) nisbatan ko‘rsatkichlar oshdi.
Rossiyaga Xitoydan kelganlar oqimi ko‘paydi: 2025 yil olti oyida 767,6 ming kishi kirib keldi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 67 ming kishiga ko‘p. Taqqoslash uchun, 2023 yil birinchi yarmida ular bor-yo‘g‘i 263,8 ming edi va Xitoy kirish soni bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatida atigi yettinchi o‘rinda edi.
Migratsiya qonunlari kuchaytirilganiga qaramay, migrantlar Rossiyaga borishda davom etmoqda, deb yozdi nashr. Chet elliklarning mamlakatda qolishiga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi. 2025 yil fevral oyidan boshlab qonunbuzarlar kiritiladigan «nazorat ostidagi shaxslar reyestri» ishga tushirildi. Unga tushish bank kartalari va sim-kartalarni bloklash, shuningdek, mamlakatdan chiqarib yuborish bilan tahdid qiladi.
2025 yil yanvar oyidan boshlab vizasiz mamlakatlar fuqarolarining mamlakatda bo‘lishi avvalgi 180 kun o‘rniga yiliga 90 kun bilan cheklandi. Bundan tashqari, yanvar oyidan boshlab rossiyaliklar bilan turmush qurgan chet elliklar nikoh qayd etilganidan uch yil o‘tgachgina vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoida kuchga kirdi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026