2026 yilning I çoragida xorijga çiqqan Özbekiston fuqarolari soni 1,63 mln nafarni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga oşdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori şarhida söz boradi.
Qayd etilişiça, mazkur davrda havo transportida taşilgan yölovçilar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga oşib, 2,25 mln nafarni taşkil etgan.
Rossiya davlat statistikasi federal xizmatiga köra, 2026 yil I çoragida Rossiyada patent asosida mehnat faoliyatini amalga oşirgan Özbekiston fuqarolari soni 1,34 mln nafarni taşkil qildi. Bu – ötgan çorakka nisbatan 8,8 foizga, ötgan yilning mos davriga nisbatan esa 1,8 foizga kam. Mazkur kamayiş mavsumiy omillar hamda taşqi mehnat bozori şaroitlaridagi özgarişlar bilan izohlanişi mumkin.
Markaziy bankning qayd etişiça, mehnat migratsiyasi yönalişlarini diversifikatsiya qiliş jarayoni davom etmoqda.

Xususan, Turkiyada migratsiya ruxsatnomasini olayotgan özbekistonliklar soni oşib bormoqda. Turkiya Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiyani boşqariş organi ma’lumotlariga köra, I çorakda bunday ruxsatnomalar soni qariyb 70 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oşgan.
Janubiy Koreyada bölib turgan Özbekiston fuqarolari soni ham I çorakda barqaror ösişni davom ettirib, 99,6 ming nafarga yetdi.
Pul ötkazmalari
2026 yil I çoragida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 3,8 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oşdi.
Pul ötkazmalari tarkibida ham mamlakatlar kesimida diversifikatsiya davom etmoqda. Biroq, uşbu jarayonning sur’ati va davomiyligi taşqi mehnat bozorlari hamda asosiy hamkor davlatlardagi makroiqtisodiy şaroitlarga boğliq bölib qoladi.
Xususan, 2026 yil I çoragida Rossiyadan kelib tuşgan pul ötkazmalarining uluşi ötgan yilning mos davridagi 77,6 foizdan 72,4 foizgaça pasaydi. Bu, asosan, yil boşidan patent tölovlarining oşişi, rubl kursining nisbatan mart oyida qadrsizlanişi, hamda mehnat migratsiyasi yönalişlarining kengayişi bilan izohlanadi.









