Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi” – Oq uy
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt brifing o‘tkazdi.
Brifing davomida u Alyaskadagi sammitning foydasini baholadi, Ukrainaga AQSh tomonidan beriladigan ehtimoliy xavfsizlik kafolatlari haqida so‘z yuritdi.
Alyaskadagi sammit haqida
Alyaskadagi sammit samarali bo‘ldi. U Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichiga yo‘l ochib berdi.
Ukrainadagi nizoni hal qilish doirasida “tunnel oxirida yorug‘lik” paydo bo‘ldi.
AQSh vitse-prezidentm Jyey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff Putin va Zelenskiy uchrashuvini tezlashtirish uchun Rossiya va Ukraina bilan ishlashni muvofiqlashtiradi.
Ukrainaga AQShning kafolatlari haqida
Xavfsizlik kafolatlari doirasida Ukrainada AQSh qo‘shinlari bo‘lmaydi.
AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida muvofiqlashtirish ishlarida yordam beradi.
AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari sifatida havodan qo‘llab-quvvatlashni istisno qilmaydi.
Vashington Moskva bilan Rossiya uchun maqbul keladigan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiladi.
“Yaxshi kelishuv” bo‘lishi uchun Rossiya va Ukraina biroz norozi holda qolishlari kerak.
Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida
Putin bilan ochiq muloqot zarurligiga Trampning ishonchi komil. Bu Rossiyaning pozitsiyasini tushunishga yordam beradi.
Putin va Zelenskiy muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishga rozi bo‘ldi. Ularning uchrashuviga to‘laqonli tayyorgarlik ketmoqda.
Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi.
AQSh Rossiya bilan bo‘lajak uch tomonlama muzokaralarni o‘tkazish uchun ko‘plab ehtimoliy joylarni muhokama qilmoqda.
Tramp muloqot tezroq o‘tkazilishi tarafdori, u yana bir oy kutmoqchi emas.
Tramp o‘zining prezidentlik muddati tugaganidan keyin ham Ukrainada tinchlik saqlanib qolishi kerakligini tushunadi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
14:20 / 11.06.2026