Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni buyurdi
AQSh prezidentining fikricha, qora bo‘yoq migrantlarning devorga chiqish istagini so‘ndiradi, chunki u juda issiq bo‘ladi.
Tramp Meksika bilan chegaradagi devorga chiqish qiyinroq bo‘lishi uchun qora rangga bo‘yashni buyurdi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ishchilar allaqachon devorning bir qismini bo‘yashni boshlagan, buyruq Trampdan kelgan.
AQSh prezidentining fikricha, qora bo‘yoq migrantlarning devorga chiqish istagini so‘ndiradi, chunki u juda issiq bo‘ladi.
«Biz butun chegara devorini qora rangga bo‘yamoqchimiz», dedi Noem jurnalistlarga. Shuningdek, devorning bir qismini o‘zi qora rangga bo‘yadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
The Hill gazetasining yozishicha, Tramp birinchi muddatidayoq chegaradagi devorni qora rangga bo‘yamoqchi bo‘lgan. Noem, shuningdek, o‘zgarishlar migrantlarning AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kelmasligiga yordam berishini aytdi.
2019 yilda Tramp Meksika bilan chegarada shunchaki beton devor emas, balki «badiiy bezatilgan» devor qurishga va’da bergandi.
«U chiroyli bo‘ladi va shu bilan birga mamlakatimizga xavfsizlikni ta’minlaydi», degan edi Tramp.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026