Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi
Fox News telekanali AQSh prezidenti Donald Trampning Volodimir Zelenskiy va YeI yetakchilari bilan uchrashuvidan keyin bergan intervyusini e’lon qildi.
Amerika rahbari intervyu davomida Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar, Rossiya-Ukraina mojarosi haqida fikr bildirdi.
Bo‘lajak uchrashuv haqida
Men Putin va Zelenskiyning ehtimoliy birinchi uchrashuvida qatnashishni rejalashtirmayapman.
Agar birinchi uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tsa, undan so‘ng uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
NATO, Qrim va Ukrainaga qo‘shinlar joylashtirilishi haqida
Ruslar uchun Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Putindan avval ham tabu (taqiq) edi.
SSSR va Rossiya NATOni o‘z chegaralari yaqinida ko‘rishni istamaganida haq bo‘lishgan.
Qrim Ukrainaga qaytarilishi imkonsiz.
Men AQSh prezidenti ekanman, Ukrainada Amerika qo‘shinlari bo‘lmaydi.
AQSh Yevropaga Ukrainaga qo‘shinlarini joylashtirishga yordam berishi mumkin.
Fransiya, Britaniya va Germaniya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmoqchi, bu Rossiya uchun muammo tug‘dirmaydi.
Yon berishlar haqida
Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi.
Zelenskiy moslashuvchanlik ko‘rsatishi lozim.
Oq uydagi uchrashuvda Yevropa yetakchilari Ukrainaning hududiy yon berishi zarurligiga tushunuvchanlik bilan yondashishdi.
Ukraina ko‘pgina yer oladi.
Rossiya va Putin haqida
Men Rossiya prezidentiga Yevropa yetakchilari oldida qo‘ng‘iroq qilmadim, bu Putinga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi.
Odamlarga yoqadimi-yo‘qmi, Rossiya — qudratli harbiy davlat.
Ochig‘ini aytsam, bu (tinchlik kelishuviga erishish) muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman. Menimcha, Putin urushdan charchagan. Menimcha, ularning hammasi bundan charchagan, lekin anig‘ini bilib bo‘lmaydi.
Prezident Putin haqida keyingi bir necha hafta ichida bilib olamiz. U kelishib olishni xohlamasligi ehtimoli bor.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
14:20 / 11.06.2026