Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bugun chegaralargina emas, ko‘ngillarimiz ham ochiq” – Saida Mirziyoyeva Bishkekdagi tadbirda nutq so‘zladi
O‘zbekiston Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonga safari davomida Zakovat Asian Cup II turniri yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Bir paytlar yopilgan chegaralar ochildi, ko‘zu qoshdek yaqin, birida o‘zbeklar, ikkinchisida qirg‘izlar yashaydigan qishloqlar o‘rtasidan tortilgan simto‘rlar olindi, ayriliqqa mahkum etilgan oilalar yana birlashdi, bolalar ota-onalarining bag‘riga qaytdi.
O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov “Chingiz Aytmatovning Oq kemasi – insoniyatni xalos qiladigan umid kemasi, najot kemasidir” deganida naqadar haq bo‘lganini vaqtning o‘zi ham isbotladi.
Bugun dunyoda tahlika, turli ziddiyatlar va notinchliklar avj olayotgan murakkab bir davrda Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ham o‘zaro totuvlik, hurmat va tinchlik muhiti hukm surayotganini nafaqat biz, xalqlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham e’tirof etmoqda.
Ikki davlat rahbarlari — hurmatli Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning siyosiy irodalari bois yana birgamiz, yana birdammiz.
Mamlakat Liderlari namoyon etayotgan bu ibrat yo‘li – xalqlarimiz farovonligi, davlatlarimiz taraqqiyotining kafolatidir.
Chunki bugun chegaralargina emas, ko‘ngillarimiz ham ochiq!
Yoshlarimiz ilm-fanda, madaniyatda, san’atda, sportda, tadbirkorlikda va bugungidek intellektual musobaqalarda yelkama-yelka, chin yurakdan harakat qilishmoqda. Katta natijalarga ham erishmoqdalar, degan Saida Mirziyoyeva o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva shu yil 19-20 avgust kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mamlakat prezidenti Sadir Japarov va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari – Vazirlar Mahkamasi Raisi Adilbek Qasimaliyev bilan uchrashdi. Shuningdek, Bishkek shahrida o‘tgan "Ayol — dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider" xalqaro forumida ham qatnashdi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
09:16 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
20:58 / 16.06.2026