Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona organlari xizmatlari tariflari tasdiqlandi
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan bojxona organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati va tariflari tasdiqlandi.
Hujjat prezidentning "Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ro‘yxat 68 turdagi xizmatlarni qamrab oladi, jumladan:
- eksport-import operatsiyalari bo‘yicha axborot olish (masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va bojxona brokerlari tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari to‘g‘risida axborot olish);
- Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish orqali bir yil davomida O‘zbekistonning tashqi savdo (import-eksport) bojxona statistikasi bo‘yicha ma’lumotlarni olish (tovarlar soniga qarab tarif);
- kredit olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tijorat bankiga uning so‘roviga asosan axborot tizimi orqali taqdim etish;
Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar: kimyoviy xossalari asosida to‘qimachilik matolarining tarkibini aniqlash; tovarlar ekspertizasi turi bo‘yicha xizmatlar va boshqalar.
Bojxona instituti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, xususan: "Tashqi iqtisodiy faoliyat" va boshqa yo‘nalishlarda o‘qish istagini bildirgan talabani o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash;
Hujjat Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va SSP bilan kelishilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026