Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya transport vaziri tezlikni me’yordan oshirgani uchun jarima to‘ladi
Vazir 140 km/soatgacha ruxsat berilgan joyda avtomobil tezligini 225 km/soatgacha olib chiqqan va buning videosini ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Tanqidlardan keyin, u o‘z ixtiyori bilan jarima to‘laganini ma’lum qildi.
Turkiya transport vaziri Abdulqodir O‘rolo‘g‘li transport vositasini boshqarayotganida tezlikni me’yordan oshirdi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘z ixtiyori bilan politsiyaga murojaat qilib, jarima to‘laganini aytdi.
Dastlab O‘rolo‘g‘li X ijtimoiy tarmog‘ida Anqara-Nig‘de trassasi bo‘ylab safarining videosini e’lon qildi, unda avtomobil tezligi 225 km/soatga yetgani ko‘rinadi. Qonun bo‘yicha trassada belgilangan tezlik cheklovi 140 km/soatni tashkil qiladi.
Videolavha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, yo‘l harakati xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan amaldorning bunday xatti-harakati ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Ertasi kuni vazir jarima to‘lagani haqidagi bayonnoma suratini ulashdi.
O‘rolo‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, u shaxsan politsiyaga murojaat qilib, qoidabuzarlikni tan olgan. Oxir-oqibat 9267 lira (230 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.
O‘rolo‘g‘li qonun barcha uchun, jumladan, vazirlar uchun ham bir xil ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026