Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Rossiya fuqarolaridan turvizalar uchun arizalar qabul qilishni tikladi
Slovakiya viza markazlari yana Moskva va Sankt-Peterburgda turistik vizalar uchun hujjatlarni qabul qilmoqda.
Slovakiya 2022 yilda to‘xtatilgan Rossiya fuqarolaridan turistik vizalar uchun hujjatlarni qabul qilishni qayta boshladi, deb xabar berildi BLS International viza markazi saytida. 28 avgust, payshanba kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari bunga e’tibor qaratdi.
«Rossiyada Slovakiya hozirda turizm maqsadida viza olish uchun arizalarni qabul qilmoqda», deyiladi tashkilot saytida. Slovakiya viza markazlari Rossiyaning ikki shahri – Moskva va Sankt-Peterburgda turistik vizalar uchun hujjatlarni qabul qilmoqda.
BLS veb-saytida, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» va «DXR» respublikalari rezidentlariga berilgan Rossiya pasportlari, agar ularning egalari 2019 yil 24 aprelgacha Rossiya fuqarosi bo‘lmagan bo‘lsa, tan olinmasligi ta’kidlandi. O‘shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Luxansk va Donetsk viloyati aholisiga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Slovakiyaga tashrif buyurish uchun rossiyaliklarga qisqa muddatli sayohatlar uchun Shengen vizasi yoki uzoq vaqt qolish uchun milliy viza kerak. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin o‘nga yaqin Shengen davlatlari, jumladan Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Chexiya va Slovakiya rossiyaliklarga turistik viza berishni to‘xtatdi. Qolgan Shengen davlatlari zarur hujjatlarga talablarni kuchaytirdi.
Mavzuga oid
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026